Xodimning yiqilishini xavfsiz to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Balandlikda ish olib borilganda sug‘urta tizimlarida sug‘urta belbog‘lari (privyazlari) bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Strop murakkab tuzilishga ega: elastik lenta yuklama bo‘lmaganda strop uzunligining qisqarishini ta’minlaydi, tashqi naysimon sintetik lenta esa yiqilishni to‘xtatish paytida asosiy yuklamani o‘ziga oladi.
Elastiklik foydalanish jarayonida buyumning o‘lchamlarini kichraytirish imkonini beradi, bu esa stropning predmetlarga yoki foydalanuvchining qo‘l-oyoqlariga ilinib qolish xavfini kamaytiradi.
Amortizator, ko‘zdan kechirish va texnik xizmat ko‘rsatishni osonlashtiruvchi to‘qimachilik protektoriga (g‘ilofiga) joylashtirilgan.
Stropning ikkala tomoni vpro 0052 karabinlari bilan jihozlangan.


